alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR KUBOGI “GUMBАZ” JАMOАSIGА NАSIB ETDI

22:57 28.05.2021

Аndijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan 9 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarining uyushmagan yoshlari oʼrtasida “Yoshlar festivali” doirasida mini futbol sport turi boʼyicha rektor kubogi musobaqasi boʼlib oʼtdi. Unda barcha mahallalarning jamoalari ishtirok etdilar. Yigitlar har bir musobaqa jarayonida gʼoliblik uchun kurash olib borib, bor mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqa 3 soat davom etib, har bir oʼyin 20 daqiqadan iborat boʼldi. Raqib jamoalarining darvozalariga betakror gollarni joylashtira olgan “Gumbaz”, “Yaxshi”, “Bunyodkor” jamoalar yuqori oʼrinlarni qoʼlga kiritdi. Rektor kubogi “Gumbaz” MFY yoshlariga nasib etdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!