Bugun, 12-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Pokiston Islom Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi konsuli Saqib Ali va konsul attashesi Amar Shaxzad bilan uchrashdi.
Ular institutga pokistonlik talabalar holidan xabar olish hamda institut rektori bilan suhbatlashish, talabalarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida institutda bo‘lib turibdi.
Uchrashuv davomida tomonlar institutda pokistonlik talabalarni sonini orttirish, ikki mamlakat tibbiyot sohasi vakillarini o‘zaro tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish, talabalarga mahorat darslari o‘tkazishni kengaytirish yuzasidan takliflar o‘rtaga tashlandi. Unga asosan amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Shu bilan birgalikda Andijon davlat tibbiyot institutida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar aks etgan videorolik namoyish etildi. Mehmonlar institut imkoniyatlarini yuqori baholab, talabalarni yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga barcha sharoitlar mavjudligini alohida ta’kidladi.