alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” – FARMATSIYA YO‘NALISHI TALABALARI BARCHA SAVOLLARIGA JAVOB OLDILAR

15:31 17.05.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Farmatsiya yo‘nalishining 1-,2-,3-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda prorektorlar, dekanlar, ularning o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat, ilmiy bo‘lim rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalarga farmatsevtik korxonalar bilan hamkorlik aloqalari olib borilayotgani, u yerda talabalarimiz amaliy jarayonlarda ishtirok etish imkoniyati mavjudligi, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish va olish vaqtida ehtiyot bo‘lish, mutaxassislar maslahati bilan faoliyat yuritish, salbiy illatlar ta’siriga tushib qolmaslik, bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish, institutning ichki tartib-qoidalariga amal qilish kabi mavzularda so‘z bordi.

Shuningdek, talabalar tomonidan magistratura mutaxassisliklari, to‘garaklarda va konferensiyalarda qatnashish tartiblari haqidagi savollar berildi. Rektor va mutassaddi rahbarlar mazkur savollarga batafsil javob berdilar.