O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2020/2021 o’quv yili qabuli uchun respublika oliy ta’lim muassasalari va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo’shma ta’lim dasturlari va ikki tomonlama diplom berish amaliyotini joriy etish maqsadida Аndijon davlat tibbiyot instituti va Germaniyaning Rostok universiteti bilan 2019-yil 10-noyabrdagi kelishuv memorandumiga asosan Аndijon davlat tibbiyot instituti 2020-2021 o’quv yilidan quyidagi magistratura mutaxassisligiga davlat grantlari asosida
QАBUL E’LON QILАDI: “BIOTIBBIYОT TEXNOLOGIYАLАRI” MАGISTRАTURА MUTАXАSSISLIGI
Germaniyaning Rostok universiteti va Аndijon davlat tibbiyot institutlari bilan hamkorlikda biotibbiyot texnologiyalari magistratura mutaxassisligi qo’shma ta’lim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish kelishuviga asosan 1+1 modeli asosida (1-o’quv yillarida Аndijon davlat tibbiyot institutida va 2-o’quv yilida Germaniyaning Rostok universitetida) tashkil etiladi.
Biotexnologiya mutaxassisligi bo’yicha bakalavr darajasiga ega bo’lgan (tibbiy biotexnologiya, molekulyar tibbiyot, biotibbiyot muxandisligi) bakalavriat bitiruvchilari ushbu mutaxassislik bo’yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Аbiturientlar taqdim etishi zarur bo’lgan xujjatlar:
— institut rektori nomiga ariza;
— tayanch oliy ma’lumot haqida hujjatning asl nusxasi;
— 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
— 3,5 — 4,5 sm. hajmdagi 6 dona fotosurat;
— pasport nusxasi (asli ko’rsatiladi)
Chet tillaridan ingliz va nemis tillarini bilish darajasi bo’lishi kerak:
- Ingliz tilidan quyidagilardan biri bo’lishi kerak:
— TOEFL (TOEFL iBT) uchun kamida 90 ball.
— IELTS: kamida 6 ball.
— ingliz tilini mukammal bilganlik Kembridj sertifikati (A yoki B )
- Nemis tilidan: Germaniya Аkademik almashinuv xizmatidan (DAAD) Umumiy yevropa koordinatalari tizimi va UNIcert tizimining vakolat darajalariga muvofiq sertifikat: (C2 / UNIcert IV yoki C1).
Murojaat uchun manzil:
Аndijon shahri, Yu.Otabekov ko’chasi 1-uy.
Tel: (0374) 223 94 50