2020 — yil 24- iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida onlayn tarzda ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishini institut rektori M.Madazimov ochib, kun mavzusi – pandemiya sharoitida karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda o‘quv- uslubiy ishlarni izchil davom ettirish haqida gapirib o‘tdi.
Institut ma’muriyati va kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan institutda o’quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot va ma’naviy marifiy yo’nalishlarda fidokorona mexnat qilayotkan. professor-o’qituvchilarni mehnatlarini ezozlash an’anasi pandemiya davrida ham amalga oshirib kelinmoqda.
Maxsus fahriy yorliq va qimmatbaho sovg’alar taqdirlanganlarning ish joylariga olib borib topshirishi belgilandi.
Kengash yig‘ilishida institut rektorining buyrug‘iga asosan, uzoq yillar samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilarni taqdirlash to‘g‘risidagi buyruqni institut kasaba uyushma qo‘mitasi raisi S.Dehqonov o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar e’lon qilindi. Institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov masofaviy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish,besh tashabbus asosidagi tadbirlarni tashkil etish, bu borada 30 tan ziyod kafedra faol ishtirok etganligini ta’kidladi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Xodjimatov 2020 yil yanvar- iyun oylari davomida amalga oshirilgan ilmiy ishlar xususida taqdimot ma’ruza qildi.Ma’ruzada ilmiy salohiyatni oshirish masalasi ko‘tarilib, unda ilmiy, innovatsion ishlar, amaliy va fundamental grant loyihalarini yaratish, monografiyalar,o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlari – amalga oshirilgan ishlar sarhisobini institut veb saytida o‘z vaqtida yoritib borish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.
Institut davolash ishi fakulteti dekani B.Mamatov kafedralarda olib borilayotgan ishlar: masofaviy ta’lim, onlayn ma’ruzalar o‘qish, yutub internet tarmog‘iga joylashtirish, kafedralarning mavjud moddiy-texnik holati haqida axborot berdi.
Institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Arziqulov 2020-2021 o‘quv yilida magistratura va bakalavriyat yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, Ibn Sino hamda I.Karimov davlat stipendiyalariga nomzodlarni e’lon qildi.Ilmiy kengash a’zolari nomzodlarni ma’qulladilar.Shundan so‘ng, kafedralarda tayyorlangan yangi o‘quv-uslubiy ishlar: qo‘llanma va darsliklar, ilmiy –ommabop kitoblar haqida axborot berib o‘tdi.
Kengash yig‘ilishi yakunida institut rektori kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli ishlarni tilga olar ekan, modul tizimi, axborot texnologiyalari va chet tillarini puxta o‘rganish, ilmiy salohiyatni oshirish, tasdiqlangan ilmiy pedagogik rejalarni amalga oshirish zarurligi haqida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Kun tartibidagi masalalar kengash yig‘ilishida atroflicha yoritilib, mas’ullar o‘zlariga tegishli vazifalarni oldilar.