alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Аndijon davlat tibbiyot instituti professor-oʼqituvchilari uchun ingliz tili va axborot texnologiyalaridan oʼquv kursi tashkil etildi

17:45 26.06.2020

Karantin vaqitda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida bepul tashkil etilgan onlayn oʼquv kurslarida professor-oʼqituvchilar ingliz tili va axborot texnologiyalari boʼyicha bilimlarini boyitib bormoqdalar.

Oʼz uylarida ZOOM.US dasturi orqali mashgʼulotlarda ishtirok etayotgan professor-oʼqituvchilarga ingliz tili boʼyicha oʼquv mashgʼulotlarini Xorijiy tilliar kafedrasi katta oʼqituvchisi I.А.Matveeva, axborot texnologiyalari boʼyicha АTM Tarmoqlarni boshqarish boʼlimi boshligʼi F.А.Аbdulxodimov olib bormoqda.

Onlayn oʼquv kurs davomida professor-oʼqituvchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, mashgʼulotlarda qiziqish bilan ishtirok etishmoqda va bunday imkoniyat yaratilgani uchun institut rahbariyatiga oʼz minnaddorchiliklarini bildirishmoqda.

O.Karimov

АDTI Matbuot kotibi

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!