Aziz va qadrli talabalar! Kechalari orom nima bilmay kitoblarga bosh ekkan sabr-toqatli Sinoshunoslar!
Andijon davlat tibbiyot institutining ilmga chanqoq, iste’dodli, ixtirochi va izlanuvchan talabalarini bugungi ayyom bilan qizg‘in muborak etamiz.
Birinchi kursga qabul qilingan kuningizdan boshlab oq libos kiyib, uzoq yillik talabalik gashtini surguvchi baxtiyor yoshlar!
Inson umriga bezak bo‘lguchi oltin davr sohibi-yu sohibalari!
Sizlarni Butunjahon talabalar kuni bilan chin dildan tabriklab, avvalo sog‘lik-+salomatlik, baxt-iqbol, kuch-g‘ayrat, inson salomatligi yo‘lidagi izlanishlaringizda omad va zafarlar tilaymiz.
Qalbingiz mudom ezguliklarga boy, istiqbolingiz porloq bo‘lsin, aziz talaba yoshlar!