Bugun, 5- aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti foyesida «Yangi asr avlodi» nashriyoti «Yoshlar matbuoti» mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda institut Axborot –resurs markazi hamkorligida kitob savdosi yarmarkasi tashkil etildi.
Savdo yarmarkasidan chet el va o‘zbek adiblarining eng sara asarlaridan iborat badiiy kitoblar, ilmiy adabiyotlar, bolalar uchun kitoblar, turli lug‘atlar o‘rin olgan bo‘lib, barchaning qiziqishini uyg‘otdi.
Kitob savdosi yarmarkasi tashkil etilganligidan mamnun bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, ayniqsa, talabalar o‘zlari uchun sevimli kitoblarni xarid qilib oldilar.
Mazkur yarmarka o‘z faoliyatini davom ettiradi.