O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi “Innovatsion g’oyalar yetakchisi” ko’krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 786 – sonli qarori asosida mazkur ko’krak nishoniga nomzodlar tanlash tanlovi e’lon qilingan. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lgan yosh olim va tadqiqotchilar institutning “Yosh olimlar kengashi” raisi M.M.Madumarovaga murojaat qilishlari mumkin. Hujjatlarni qabul qilish muddati 2019-yil 20-aprelgacha.
Shoshiling, o’z iqtidor va qobiliyatingizni namoyish qiling, aziz talaba yoshlar!