2019 yil 11 may kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Hindistondagi Sharda universiteti vakili Islom Mohammad Nazrul tashrif buyurdi. Mehmonni ADTI rektori, professor M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor A.Arziqulov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, dotsent K.Salohiddinov va boshqa professor-o‘qituvchilar samimiy kutib oldilar. Tashrif chog‘ida Hindistonlik mehmonga Andijon mashinasozlik instituti rektori O‘.Salomov hamrohlik qildi.
Institut xalqaro aloqalar bo‘limida tashkil etilgan suhbatda ADTI rektori M.Madazimov institut tarixi, tarkibiy jihatlari, bugungi o‘quv – amaliyot jarayonlari, zamonaviy mutaxassislar tayyorlashdagi o‘zgarishlar, kadrlash tayyorlash va davolash ishlari borasida qo‘shma fakultet, filial va markazlar tashkil etishdagi yangiliklar xususida gapirib berdi. O‘zaro suhbat chog‘ida Andijon mashinasozlik instituti rektori O‘.Salomov ham institutning respublikamizda va horijdagi ta’lim va tibbiyot sohasidagi ilmiy salohiyati va reytingini alohida e’tirof etib o‘tdi.
O‘z navbatida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinovlar ham talabalarning o‘quv va yashash sharoitlari, o‘quv rejalari , shuningdek, bo‘limning keng qamrovli faoliyati, talabalar va akademik almushinuvlar, kelgusi yangi o‘quv yilidagi o‘zgarishlar xususida fikr yuritib, o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar olib bordilar.