ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABASI PATOFIZIOLOGIYA FANIDAN O’TKAZILGAN FAN OLIMPIADASIDA 2-O’RINNI EGALLADI. — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABASI PATOFIZIOLOGIYA FANIDAN O’TKAZILGAN FAN OLIMPIADASIDA 2-O’RINNI EGALLADI.

13:44 18.05.2019

2019-yilning  13-14 – may kunlari  TTA ning Farg’ona filialida patofiziologiya ( umumkasbiy)  fanidan Respublika fan Olimpiadasining II bosqichi bo’lib o’tdi. Unda Respublikamizning 9 ta oliygohlaridan  9 nafar ishtirokchilar qatnashdi. Tadbir Respublika fan Olimpiadasini o’tkazish Nizomiga ko’ra 4 ta bosqichda o’tkazildi. Tadbir juda tortishuvlarga boy va do’stona tarzda o’tdi.


Yakuniy ballar e’lon qilinganda, Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti 308-guruh talabasi  Ibrohimjon  Majidiy faxrli 2-o’rinni egalladi va diplom bilan taqdirlandi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!