2019- yil 23- may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida yangi ishga qabul qilingan xodimlarga mehnat daftarchalari topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor A.Arziqulov ochib, yangi ishga qabul qilingan barcha xodimlarni tabrikladi. Mazkur tadbir Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 5 –sida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari ko‘tarilganligini ta’kidlab o‘tdi. So‘ngra ishga qabul qilinganlarga omadlar tiladi.
Shundan so‘ng. ishga qabul qilingan laborantlar M.Turg‘unova, M. Isroilova, M.Qodirova, N.Xolberdieva, Yo.Karimovalarga mehnat daftarchalari tantanali topshirildi.
Tadbirda davolash fakulteti dekani B.Mamatov, xodimlar bo‘limi boshlig‘i D. Nazarova, dekan o‘rinbosardari U.Karimov va K.Baydullaevlar ishtirok etdilar.