2019-yil 21–24-may kunlari Andijon davlat tibbiyot institutida Portugaliyaning Setubal politexnika instituti professori Selio Gabriel Figueiredo Pina tomonidan “Tibbiyot sohasida tribologiyaning o‘rni” mavzusida xalqaro o‘quv kursi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Mashғulotlarni ADTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori G’.Xodjimatov ochib, o’quv kursining yuqori saviyada olib borilayotganligi to’g’risida fikr bildirib, so’zni Andijon mashinasozlik instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Қ.Ermatovga berdi. U ‘quv kursining ahamiyati, tibbiyot injineriyasining soha rivojidagi beqiyos o‘rni xususida gapirib o’tdi.
Professorlarning kurs davomida o‘qigan “Teri tribologiyasi”, “Tish tribologiyasi”, “Bo‘g‘im tiribologiyasi” va “Boshqa tizimlar tribologiyasi” mavzularidagi ma’ruzalari tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shu kuni o‘quv kursining yakuniga bag‘ishlangan tantana bo‘lib o‘tdi. Tantanada portugaliyalik profeesor Rikardo Migel Domes Simoes Baptisna ham ishtirok etdi. ADTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori G’.Xodjimatov va Andijon mashinasozlik instituti prorektori Q.Ermatovlar so‘z olib, o‘quv kursining ahamiyati, tibbiyot injineriyasining soha rivojidagi beqiyos o‘rni haqida gapirib, professorlarga minnatdorchilik bildirdilar.
ADTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.Xodjimatov o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlangani bilan barchani qutlab, mutaxassislarning olgan bilim va ko‘nikmalari kelgusi faoliyatida qo‘l kelishi xususida o‘z fikr-mulohazalarini aytdi.
Shuningdek, u kurs ma’ruzachilari Selio Gabriel Figueiredo Pina hamda Rikardo Migel Domes Simoes Baptisnalarga institut ma’muriyati va barcha tinglovchilar nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi. Portugaliyalik professorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yakunda tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.
Xalqaro o‘quv kursida profesor-o‘qituvchi, magistr, klinik ordinator va Farg‘ona vodiysi miqyosida tibbiy texnika va yuqori texnologiyalar bilan ishlovchi mutaxassislar ishtirok etib, xalqaro sertifikatga ega bo‘ldilar.