2019- yil 1- iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutining davolash fakultetiga qarashli barcha fakultetlar professor-o‘qituvchilari, xodimlari institut bosh o‘quv binosi oldiga yig‘ildilar.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchisida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan edi. Shu yo‘nalishda ADTI professor-o’qituvchilari sog‘lomlashtirish mashqlarini bajarib, talaba yoshlarga ibrat bo‘lmoqdalar.
Bu galgi tongi yurish mashqlarida davolash fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari U.Karimov ва bir guruh ustozlar bir-birlari bilan hamsuhbat bo‘lib, bosh o‘quv bino oldidan yurib, Andijon olimpiya zahiralari sport kolleji binosi oldidan o‘tib, Andijon qilichbozlik majmuasi binosi oldiga qadar borib qaytdilar.
Shu kuni sog‘lomlashtiruvchi va chiniqtiruvchi yurish mashqlarida qatnashgan barcha ishtirokchilar a’lo kayfiyatda ish boshladilar.