2019-yil 30-iyun kuni Andijon shahar Navoiy istirohat bog’ining yozgi amfiteatrida “Yoshlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Bayram tadbirida Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonov so’zga chiqib, Prezidentimizning yoshlarga yo’llagan bayram tabrigini o’qib eshittirdi. Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Ushbu bayramda Andijon viloyatining barcha shahar- tumanlarining yoshlari ishtirok etishdi. Bayram tadbirida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari faol bo’ldilar. Institut talabalari ijrosidagi “Andijon polkasi” raqsi barchani raqsga chorladi.
Shu kuni viloyatimiz yoshlarini qutlash uchun elimiz suygan san’atkorlar tashrif buyurdilar. Ular ijrosidagi dilrabo qo’shiqlar barchaga manzur bo’ldi. Viloyatimiz yoshlari bayramni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazdilar.