O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 — yil 7-avgustdagi “Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 10 — avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati va institut kasaba uyushma qo`mitasi faollari birgalikda jamoada uzoq yillar samarali faoliyat ko`rsatgan 15 nafardan ziyod mehnat faxriylari uylariga borib, ular holidan xabar oldilar. Bayram munosabati bilan faxriylarga sovg`a-salomlar va oziq-ovqat maxsulotlari topshirildi.
Faxriylar institut tomonidan ko`rsatilgan bunday mehr-muruvvatdan ko`ngillari ko`tarilib, dildan mamnun bo`ldilar.