Andijon davlat tibbiyot institutida to’g’ridan — to’g’ri xorijiy investitsiyalarni kiritish va investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida yangi-yangi rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ADTI Rossiya Federatsiyasining Dog’iston davlat tibbiyot universiteti bilan bakalavrlar tayyorlash bo’yicha hamkorlikdagi qo’shma ta’lim dasturi asosida qabul e’lon qilib, abiturientlardan hujjatlar qabul qilindi. 2019-2020 o’quv yili boshidan 15 nafar talaba qo’shma ta’lim dasturi asosida o’qishni boshlaydilar.
Shuningdek, shu yildan Rossiya, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Saudiya Arabistoni, Misr, Koreya, Qirg’iziston kabi davlatlardan 150 nafar xorijiy talaba qabul qilinib, ADTIda shartnoma asosida o’qishi rejalashtirilgan.