O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida 2019- yil 19-oktyabr kuni ADTI vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o`qituvchilari ADTI jismoniy tarbiya kafedrasiga tashrif buyurdilar.
Bu yerda ular voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka va boshqa sport turlari bilan shug‘ullandilar. Shuningdek, pediatriya, terapiya, UASH hamda UZI kafedralari professor-o`qiuvchilari bilan sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka turlari bo`yicha musobaqalashishdilar.
Mashg`ulot so’nggida VMO va QTF dekani X.X.Tursunov jismoniy tarbiya kafedrasi murabbiylariga fakultetning barcha kafedralari nomidan 6 ta shaxmat doskasi hamda 6 ta shashka majmuasini sovg`a qildi.
X.Tursunov
VMO va QTF dekani.