O‘zbek xalq juda katta adabiy merosga ega. Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy, Mashrab, Cho‘lpon kabi shoiralarimizning lirik merosi har qanday dilga oram beradi. She’riyatga oshno bo‘lgan inson esa ma’nan komal topib ezgulik sari intiladi. Shuning uchun ham ajdodlarimizning adabiy-badiiy merosini o‘rganish har birimizning burchimizdir.
Andijon davlat tibbiyot instituti Kengashlar zalida Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari G.M.Minavarova va G.I.Hayitbayeva rahbarligida Muhammad Rizo Erniyoz o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning badiiy qismida pediatriya fakulteti 106- va 107-guruh talabalari qatnashdi.
Tadbirni Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri M.M.Qo‘ziboeva ochib berdi va Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ijrosini ta’minlashda yoshlarimizni faol bo‘lishi, o‘z qobiliyatlarini namoyon etishi va o‘qishdan bo‘sh vaqtlarda muntazam ravishda jamoat ishlarida qatnashishlari zarurligini aytib o‘tdi.
Adabiy-badiiy tadbir avvalida Muhammad Rizo Erniyoz o‘g‘li Ogahiy hayoti va ijodi haqida prezentatsiya taqdim etildi. Bunda shoir, mutafakkir va davlat arbobi bo‘lgan buyuk shaxs haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Taqdimotdan so‘ng talabalar shoirning g‘azallarini o‘zbek va rus tillarda aytib berdilar, raqslar ijro etildi.
Ogahiyning asari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishi barcha ishtirrokchilarga manzur bo‘ldi. 107-gurux talabasi Dilshoda Abduqodirova ijrosidagi fransuzcha qo‘shiqqa barcha jo‘rovoz bo‘ldi.
Tadbir davomida talabalar adabiyot, san’at borasida yaxshigina mahoratga ega ekanliklarini ko‘rsata olishdi.
Muhammad Rizo Erniyoz o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligiga bag‘ishlangan tadbir ishtirokchilari ulug‘ ajdodimizni yod etish bilan birga adabiyotga oshno bo‘lishdi, maroqli va mazmunli dam oldilar.
Nigoraxon Ahmedova,
ADTI Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi