Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi akademik N.N.Burdenko nomli neyroxirurgiya MTTM etakchi mutaxassisi Andrey Vladimirovich Kozlov Andijon davlat tibbiyot instituti bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarroxlik kafedrasi tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida 5-kurs pediatriya fakulteti talabalariga neyroxirurgiya fanidan “Bosh miya va kalla suyaklari jarohatlari, klinikasi, tashhislash va davolash“ mavzusida ilmiy-amaliy maruza o‘qidi.
Maruzada professor-o‘qituvchilar, magistrlar, klinik ordinatorlar va talabalar qatnashdi. Tashrif davomida bemorlarning ko‘rigini o‘tkazib berdi.
Mahorat darsi davomida bemorda murakkab operatsiya o‘tkazdi. Shuningdek savollarga javob berdi, amaliy ko‘nikmalarni bajarilishini ko‘rsatdi.