Mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar asosida xorijiy tibbiyot mussasalari bilan turli yo‘nalishlardagi hamkorligimiz rivojlanib bormoqda. Tibbiyot sohasidagi tajriba almashish, yangi texnologiyalar bilan tanishish hamisha o‘z samarasini ko‘rsatadi – el salomatligini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Mana shu ezgu maqsadda joriy yil 12- va 16-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirligi Dubay shahrida bo‘ldim.
Safarda chog‘ida Dubay shahrida joylashga Eron katta shifaxonasiga tashrif buyurdim. Tashrifimiz shifoxona bosh shifokori professor Sayid Imran Abbas taklifiga binan tashkil qilindi.
Tashrif chog‘ida shifoxona rahbariyati, shifokorlari faoliyati, shifoxona tuzilishi, zamoanviy tibbiy asbob-uskunalar bilan yaqindan tanishdim. Shifoxonada qilinayotgan ishlar, yangiliklar va ularning yutuqlari bilan atroflicha tanishdik. Bemorlarga qilinadigan muolajalar, operatsiya turlarini batafsil ko‘rsatishdi va aytib berishdi.
Samimiy muloqot davomida institutimiz va O‘zbekiston haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkazildi. Institutimiz haqidagi videorolik namoyish etildi. Safar chog‘ida barcha xodimlar bilan tanishib, rahbariyat bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olindi. Hamkorlik asosan magistrlar, klinik ordinatorlar va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish to‘g‘risida bo‘ldi.
O‘z navbatida professor Sayid Imran Abbas Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurish, talabalarga xirurgiyaning dolzarib muommolari xaqida ma’ruzalar va mahorat darslari, ko‘rgazmali operatsiyalarni o‘tkazib berish istagini bildirdi, shu yo‘nalishlarda kelishib olindi. Bu asosan 2020-yil birinchi choraklarida amalga oshirish rejalashtrildi. Birlashgan Arab Amirligiga qilingan safar ikki tomon uchun ham samarali bo‘lishiga ishonamiz.
Yu.S.Egamov,
ADTI Umumiy xirurgiya kafedrasi professori