Toshket davlat stomatologiya instituti Fa’kultet terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor O.Y.Bekjanova Andijon davlat tibbiyot instituti Gospital va Klinik stomatologiya kafedrasiga tashrif buyurdi va shu kuni ADTI Gospital va Klinik stomatologiya kafedrasida “Og’iz bo’shlig’ virusli kasalliklarining etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullari” mavzusida integral ma’ruza qildi.
Professor O.Y.Bekjanova tashrifi davomida “Parodont kasalliklarini davolash usullari va proflaktikasi” mavzusida seminarda ishtirok etdi. “Tishlarning anatomik shaklini tiklashning terapevtik usullari va bajarish tehnikasi” mavzusida mahorat darsi o’tkazdi.
Seminarda kafedraning assistentlari va stomatologiya fa’kultetinig 4-, 5-kurs talabalari ishtirok etishdi.