Andijon davlat tibbiyot institute magistratura mutaxassisliklarining qishki yarim yillik attestatsiyalarining ikkinchi bosqich imtihonlari o’tkazildi. Har bir mutaxassisliklar bo’yicha talabalarning nazariy bilimlari institutning Axborot texnologiyalar markazida test sinovlaridan o’tkazish bilan baxolandi.
Test sinovlarida morfologiya, sud tibbiyoti, sport tibbiyoti, sog’liqni saqlashni boshqarish, yuqumli kasalliklar, psixiatriya, narkologiya, dermatovenerologiya, neonatologiya, pediatriya, bolalar kardiorevmatologiyasi, bolalar jarrohligi, bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi, umumiy onkologiya, tibbiy radiologiya, travmatologiya-ortopediya, neyrojarrohlik, umumiy jarrohlik, akusherlik va ginekologiya, endokrinologiya, farmakologiya, nevrologiya, bolalar nevrologiyasi, oftalmologiya, urologiya, otorinolarigologiya, terapiya, kardiologiya, neonatologiya, anesteziologiya va reanimatologiya mutaxassisliklarining 1-, 2- va 3-bosqich talabalari qatnashdilar.
Test sinovlarini adolatli va shaffof o’tkazilishini ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralari o’rnatilgan auditoriyada magistratura bo’limi hamda Axborot texnologiyalari markazi xodimlaridan iborat nazoratchilar kuzatib bordilar. Magistratura talabalarining qishki yarim yillik attestatsiyalari yuqori darajada uyushqoqlik bilan, shaffof va adolatli tarzda o’tkazildi.