O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarini qabul qilish bo‘yicha Hududiy ishchi guruhlari tuzildi.
Qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkazish bo‘yicha Hududiy ishchi guruhlariga murojaat qilishlari mumkin.
Andijon viloyati bo‘yicha Hududiy ishchi guruhi Andijon Mashinasozlik institutida faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarini qabul qilish bo‘yicha Hududiy ishchi guruhlarini tuzish to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma quyida berilgan.