Andijon davlat tibbiyot institutiga Turkiya delegatsiyasi tarkibida tashrif buyurgan professor, vrach-onkolog Mustafa Erman Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy markazi Andijon filialiga hamda onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasiga tashrifini boshladi.
Tashrif davomida professor Mustafa Erman davolash fakulteti talabalari uchun “O‘pka saratoni” mavzusida, onkologiya markazi shifokorlari hamda onkologiya kafedrasi magistrlari, klinik ordinatorlari uchun “O‘pka saratoni davolashning zamonaviy prinsiplari” mavzularida ma’ruzalar o‘tkazdi. Ma’ruzalar tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Tashrif ikkinchi yarmida professor Mustafa Erman tomonidan markaz ximioterapiya va bolalar bo‘limida ko‘riklar o‘tkazildi. Onkologiya kafedrasi xodimlari va markaz shifokorlari ishtirokida tashxis qo‘yish va davolash jarayoni murakkab kechayotgan bemorlar muhokama qilindi.
Turkiyalik professor kafedraga tashrifi davom etadi.
D.Xasanov,
ADTI Onkolgiya va tibbiy radiologiya
kafedrasi dotsenti