O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taminlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutiga taklif etilgan Turkiya delegatsiyasi tarkibida tashrif buyurgan professor Mustafa Erman onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasida faoliyatini davom ettirmoqda.
Xorijlik mutaxassis Mustafa Erman davolash fakulteti 519-, 520-gurux talabalari bilan “Xavfli limfomalar” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar olib bordi. Mashg‘ulotlar davomida mazkur kasallik bilan kasallangan bemorlar holati tahlil qilindi. Mashg‘ulotlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Kunning ikkinchi yarmida professor Mustafa Erman bilan Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida davra suxbati tashkil etildi, o‘zaro tajriba almashildi, hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Turkiyalik professorning kafedraga tashrifi davom etmoqda.
D.Xasanov
ADTI Onkolgiya va tibbiy radiologiya
kafedrasi dotsenti