O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash hamda talabalarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsiya yo‘nalishi ma’suli Z.A.Ergashyeva rahbarligida farmatsiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida institutimiz sport majmuasida sport tadbiri o‘tkazildi.
Talabalar voleybol, futbol, stol tennis va shaxmat-shashka sport turlari bo‘yicha musobaqalashdilar.
Qizg‘in bahslar davomida talabalarga sog‘lom turmush tarzida sportning alohida o‘rni borligi haqida suhbatlar o‘tkazildi.
Z.A.Ergashyeva
ADTI farmatsiya yo‘nalishi ma’suli