O‘zbekiston “Adolat” SDP tashkil topganiga 25 yil to‘ldi. O‘tgan davrda partiyamiz siyosiy maydonda o‘z maqsad va g‘oyalari bilan yangi kuch sifatida shakllandi. Bugun 20 mingdan ortiq “adolatchilar”ni o‘z atrofiga birlashtirgan viloyat partiya kengashi ham andijonda partiyaning taniluvchanligini oshirish va xayrixoxlari safini kengaytirish yo‘lida tashabbuslar bilan chiqmoqda.
Partiyamiz tashkil topganining 25 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirda bir guruh partiya faollari mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, demokratik jarayonlarni jadallashtirish, huquqiy-demokratik davlat barpo etishdagi faolligi hamda O‘zbekiston “Adolat” SDPning xalq orasidagi obro‘sining yuksalishi va uning nufuzini oshirish yo‘lidagi samarali xizmatlari uchun “Adolat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Ular orasida Andijon viloyati partiya kengashi raisi Madaminjon Madazimov va partiyaning Asaka tumani kengashi raisi Mehriniso Karimova ham bor. Bu albatta, andijonlik “adolatchilar”ga berilgan yuksak bahodir.
— Mukofot barcha partiyadoshlarimizga cheksiz quvonch bag‘ishladi, — deydi viloyat partiya kengashi raisi Madaminjon Madazimov. — Rag‘bat o‘z o‘rnida mas’uliyat demakdir. Bunga javoban yanada fidoyilik ko‘rsatib ishlashimiz zarur. Biz o‘z faolligimiz va butun bilimimiz bilan mukofotga munosib javob beramiz.
Mukofot muborka bo‘lsin!
O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon voloyati
kengashi matbuot xizmati.