O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassaslarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida Rossiya Federatsiyasining N.N.Burdenko nomidagi milliy ilmiy-tekshirish neyrojarrohlik markazining neyrojarrohlik kafedrasi professori A.V.Kozlov ishtirokida onlayn videoma’ruza tashkil etildi.
Bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarrohlik kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn videoma’ruzada professor A.V.Kozlov “Sovremennoe sostoyanie neyroxirurgii, perespektivi razvitiya” mavzusini yoritib berdi.
Ma’ruzada Bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarrohlik kafedrasi mudiri Q.A.Qo‘ldashev, shu kafedra katta o‘qituvchisi J.M.Rasulov, assistenti M.M.Eshmatov, travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarrohlik kafedrasi dotsenti N.YU.Mirzayuldashevlar va 5-kurs talabalri ishtiok etishdi.
Onlayn ma’ruza barcha ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi.
Kozimjon Baydullaev,
ADTI pediatiriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari