Yurtimizga uyg’onish fasli bahor kirib keldi. Tabiatda yashnash, yasharish onlari. Ko’kalamzorlashtirish maqsadiga amalga oshirilayotgan “Eko aksiya” ayni shu kunlarda qizg’in davom etmoqda.
Andijon davlat tibbiyot istituti Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar “Eko aksiya”da faol ishtirok etish maqsadida Talabalar turar joyi gulzor, ekin maydonlariga turlli ko’chatlar ekishdi.
— Men Namangan viloyatidanmam, — deydi davolash vakulteti 102-guruh talabasi Muhammaddiyor Bekmirzayev. – gullarni, yashillikni juda yahshi ko’raman. Shuning uchun ko’kalamzorlashtirish – daraht, gul ko’chatlarini ekish menga o’zgacha bir kayfiyat beradi.
Darhaqiqat, talabalar o’zlarining ikkinchi uylariga aylangan Talabalar turar joyida o’tkazilgan “Eko aksiya” doirasida mevali va manzarali daraxtлар, gul ko‘chatlari ekish ishlarida mehr bilan ishtirok etdilar.
Barkamol Yunusov
ADTI Pediatriya fakulteti 3-kurs talabasi