Yurtimizda bahor – yashnash, yashari fasli. Uyg‘onish fasli barchani ezgulik sari chorlaydi. Andijon davlat tibbiyot istitutida hafta avvalida o‘tkaziladigan “Shukronalik” tadbiri bahor kunlari amalga oshirilishi zarur tadbirlar, bahorning ilk bayrami 8 mart – xalqaro xltin-qizlar kunini nishonlash masalalariga bag‘ishlandi.
Institut asosiy binosida «Shukronalik» tadbiri A.G.Xudayarova rahbarligidagi normal fiziologiya kafedrasi mas’ulligida o‘tdi.
Institut 2-o‘quv binosida Ijtimoiy gigiena kafedrasi mas’ulligida o‘tgan «Shukronalik» tadbirida bahor ezgulik, tinchlik elchisi ekanligi alohida e’tirof etildi.
ADTI Klinikasi binosida «Shukronalik» tadbiri Otorinoloringologiya kafedrasi tomonidan o’tkazildi.
Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, bahor faslining kirib kelgani bilan tabriklab, barchaga bahoriy kayfiyat tiladi.
Andijon davlat tibbiyot istituti Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi.
Otorinoloringologiya kafedrasi mudiri, professor Q.Q.Qosimov tomonidan Yurtimizda va boshqa davlatlarda bo’layotgan yangiliklar va koronavirusning oldini olish mavzusida ma’ruza qildi.
Yurtimizda bahor – yashnash, yashari fasli. Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo! «Shukronalik» tadbirlarida mana shunday yurtda yashash har birmiz uchun ulkan baxt ekanligi alohida ta’kidlandi.
Kozimjon Baydullaev,
ADTI pediatriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari