Shifokor bemorini davolashi uchun, avvalo, o‘zi har bir sohada bemoriga ibrat bo‘lishi zarur. Andijon davlat tibbiyot instituti Bolalar jarrohligi kafedrasi xodimlari aynan mana shu haqiqatga amal qilgan holda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga ahd qildilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari kafedra mudiri dotsent B.Mirzakarimov rahbarligida institut sport zalida sport musobaqalari uyushtirishdi.
Dastlab ikki jamoaga bo‘linib futbol musobaqasi o‘tkazildi. Tanani biroz qizdirib olgan sportsevarlar stol tennisi bilan shug‘ullandilar.
Andijon davlat tibbiyot instituti Bolalar jarrohligi kafedrasi xodimlari kelgusi sport mashg‘ulotlariga yanada yaxshi tayyorgarlik bilan kelishga ahd qilgan holda sport zalidan qaytishdi.