Andijon davlat tibbiyot instituti psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori professor M.L.Agranovskiyning «Shizofreniyaning klinikasi, dinamikasi, prognozi» mavzusida ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Unda davolash fakultetining 521-, 522-, 523-guruh talabalari ishtirok etdi.
Ochiq maruzada bugungi kunda zamonaviy psixiatriyaning dolzarb muammolaridan biri bo’lgan shizofreniya xastaligi haqida so’z yuritildi. Ushbu kasallikning o’ziga xos klinik belgilari, kechish xususiyatlari va oqibatlari ma’ruzachi tomonidan keng yoritib berildi. Ochiq ma’ruza qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o’tdi