Ta’til vaqtida talaba-yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishini ta’minlash maqsadida quyidagilarga e’tibor berisin:
— ta’til davomida talabalarni o’zlarining doyimiy yashash joylarida bo’lishlarini ta’minlash;
— ota-onalari bilan telefon orqali doimiy muloqotda bo’lish;
— har bir murabbiy telekanallar orqali efirga uzatilayotgan «Online» darslarni kuzatib o’ziga biriktrilgan o’quv guruhida tashkil etilgan telegram kanalida ularni muhokamasini uyushtirish hamda doyimiy ravishda talabalar bilan axborot almashinuvini ta’minlash;
— talabalarni institut sayti orqali sohaga oid berib borilayotgan yangiliklar bilan tanishtirib borish;
— jahon va o’zbek yozuvchilari asarlari hamda badiiy adabiyotlarni mutoola qilishga yo’naltirish;
— institut professor-o’qituvchilari tomonidan telegram orqali tashkil etilayotgan masofaviy darslarda faol ishtirokini ta’minlash;
— karantin munosabati bilan vujudga kelgan vaziyatdan vahimaga tushih holatlarini oldini olish va kerakli birinchi yordamni ko’rsatish hamda belgilab berilgan qoidalarga qat’iy rioya qilish.