Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda onlayn video konferensiya – WebEx o‘tkazdi.
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn video konferensiyada Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati, hamda o‘z uylarida turgan holda 40 dan ziyod professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Onlayn video konferensiyada xalqaro ekspertlar koronavirusga qarshi kurashda shifokorlar bilan birga o‘rta va kichik tibbiy xodimlar, xususiy shifoxonalarning tibbiyot xodimlari e’tibor qaratishi zarur masalalar yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.
ADTI axborot xizmati