Avval xabar qilinganidek, joriy yil oktabr oyida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida xizmat safarida bo‘lib, N.N.Burdenko nomli neyroxirurgiya milliy tibbiy tekshirish markazi direktori A.A.Potapov bilan muzokaralar olib borgandi.
Uchrashuv chog’ida ADTI va Moskvadagi mazkur nufuzli markaz o‘rtasida o‘quv-metodik, ilmiy ishlarni olib borish to‘g‘risida ikkitomonlama memorandum hamda ADTI bazasida neyroxirurgiya konsultativ–metodik markazini ochish bo‘yicha o‘zaro shartnoma imzolangandi.
Ana shu ikkitomonlama kelishuvlar asosida, yaqinda ADTI bazasida neyroxirurgiya konsultativ-metodik markazi tashkil etiladi. Bu markaz Farg‘ona vodiysi aholisiga malakali tibbiy xizmat ko’rsatish uchun neyroonkolog va neyroangiolog mutaxassislar tayyorlab beradi.
Shuningdek, soha mutaxassislari uchun bu yerda mahorat darslari, operatsiyalar,konsultatsiyalar, ma’ruzalar olib boriladi.