O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi
Andijon davlat tibbiyot instituti
Joriy yil 27-aprel kuni, soat 9.00 da Andijon davlat tibbiyot institutida “Ilm-ma’rifat raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga bag‘ishlangan “Tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida yosh olimlar — talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilarning Respublika ilmiy-amaliy videokonferensiyasi o‘tkaziladi.
Videokonferensiyada ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilar ma’ruzalarini videotasmaga tushirib tashkiliy qo‘mitaga jo‘natishlari so‘raladi.
Video anjumanda ishtirok etish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar, tezislar qabul qilinadi:
- Ichki kasalliklar
- Jarroxlik yo‘nalishi
- Akusherlik-ginekologiya va pediatriya
- Mediko-biologik fanlar
Videokonfrensiyaning rasmiy tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.
Ma’ruzalar va tezislar videokonferensiyaning “’Elektron to‘plami” da chop etiladi.
Ma’ruzalar : 13-17 ta Slayd va Ma’ruza davomiyligi 7-10 minutdan oshmasligi kerak.
Tezislarniig xajmi to‘liq 1 betdan oshmasligi, Word 2003-2010 formatida, A-4 O‘lchamdagi oq qog‘ozda, qator oraligi 1,0 interval, yuqori va pastki chegaralari 2 sm, chap va o‘ng chegaralari mos ravishda 30 va 15 mm bo‘lishi lozim.
Material quyidagi tartibda joylanishi kerak:
Tezis nomi (Times New Roman — 12 shriftda (yo‘g‘on) va bosh xarflarda) bo‘lishi kerak.
- I.Sh. (Times New Roman — 12 shriftda (yo‘g‘on) bo‘lishi kerak).
- Muassasa nomi tashkilot (Times New Roman — 12 shriftda (yo‘g‘on) bo‘lishi kerak).
Mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalar, qo‘llanilgan usullar, olingan natijalar, muxokama, xulosa — (yo‘g‘on) shriftda aks etilgan xolla topshiriladi.
Tezislar 2 ta nusxada topshiriladi: Birinchi nusxa toza, ikkinchi nusxada mualliflarni F.I.Sh. to‘liq yoziladi, imzosi va telefon raqami beriladi. SHu bilan birga muassasadan yo‘llanma xati va ekspertiza xulosasi berilishi kerak.
Videokonferensiyada yosh olimlar, magistrlar va talabalar tezislari qabul qilinadi, (muallif yoshi tezis berilayotgan vaktida 35 dan yuqori bo‘lmasligi kerak). Ilmiy ishlarni tanlab olishda ularning dolzarbligiga, maqsad va vazifalarining aniq belgilanganligi va xulosalarning isbotlanganligi va boshqa bir qator jixatlarga e’tibor beriladi.
Tezislarni qabul qilish oxirgi muddati 2020-yil 20-aprelgacha. Ko‘rsatilgan muddatdan so‘ng kelgan tezislar qabul qilinmaydi!
Ma’ruzalar, tezislar quyidagi manzilga yuborilishi kerak:
710000, Andijon shaxar, Yusuf Otabekov ko‘chasi 1-uy. ADTI, Bustanov Sherzodbek Yakubovich, Qo‘ziboeva Maxfuza Mirzaevna.
Murojat uchuy telfon raqamlari: +998 99 905 25 50.,
Elektron manzil: nestle.bustanov@mail.ru
(yosh olimlar videokonferensiyasiga deb ko‘rsatilishi lozim).