Andijon davlat tibbiyot instituti Normal fiziologiya kafedrasi tomonidan “Yurak ish faoliyatini tashxislashda innovatsion usullar” mavzusida onlayn tarzda ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Unda kafedra xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.
Konferensiyani kafedra mudiri, dotsent A.G.Xudoyarova ochib berdi va ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsad va vazifalarini tushintirib o‘tdi. Onlayn ilmiy-amaliy konferensiyada professor-o‘qituvchilar va talabalar yurak kasalliklari, tashxislar, kasallikni davolash usullari yuzasidan ma’ruzalar qilishdi. Muzokaralar davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.
“Yurak ish faoliyatini tashxislashda innovatsion usullar” mavzusida onlayn tarzda ilmiy-amaliy konferensiya yakunida Normal fiziologiya kafedrasi professori Sh.Q.Qodirov, 1-UASH kafedrasi assistenti, konferensiya xolis eksperti D.G‘.Irgashevalar so‘zga chiqib konferensiya ishtirokchilariga, jumladan talabalarga ishtiroklari uchun va ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlaridan mamnuligini bildirdilar.
Ishtirokchilar onlayn konferensiyalarni yana davom ettirishga kelishib oldilar.
G.A.Turabidinova
ADTI Normal fiziologiya kafedrasi assistenti