2019- yil 23-24-25- yanvar kunlari viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining majlislar zalida Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti bitiruvchi 6-kurs talabalarining nazariy va amaliy ko‘nikmalarini bajarish bo‘yicha qishki yarim yillik attestatsiyasi bo’lib o’tdi.
Attestatsiya amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash va OSCE usullarida belgilangan tartibda o‘tkazildi.
Bu yerda bitiruvchilar uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratildi. Attestatsiya jarayonida mulyajlar va trenajyorlardan keng foydalanildi. Imtihonlar adolatli va shaffof tarzda o‘tkazildi.