Belorussiyalik endokrinolog ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Belorussiyalik endokrinolog ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi

14:33 25.01.2019

2019 -yil 25- yanvar kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti  ilmiy kengashlar zalida gospital terapiya kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan Belarus davlat tibbiyot universiteti endokrinologiya kafedrasi bilan hamkorlikda on-layn videokonferensiya  tashkil etildi. Videokonferensiyada ADTI ilmiy  ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha  prorektori, professor G‘.Xodjimatov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, shuningdek, professor Z.Salohiddinov, gospital terapiya kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Yusupovalar ishtirok etdilar.

Anjumanda  Belarus  davlat tibbiyot  universiteti endokrinologiya kafedrasi  mudiri,  t.f.d. professor  Tatyana Vyacheslavovna Moxort  “Qandli diabetning II turida  davolashning zamonaviy  usullari” mavzusida   ma’ruza qildi. Ma’ruzada kasallikni davolashning yangi usullari, yangi texnologiyalar,  zamonaviy preparatlar bilan  yevropa  standartlari  bo‘yicha ishlashda yangicha yondashuvlar va  yangi dori-darmonlarni qo‘llashdan  olingan  natijalar  to‘g‘risida  atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

O‘zaro savol-javob, fikr-mulohazalar  bilan  samimiy tarzda o‘tkazilgan ilmiy muloqotda  umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlash, gospital terapiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, institut talabalari, magistratura va  klinik ordinatura yo‘nalishlari talabalari ishtirok etdilar. Konferensiya taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.

 ADTI matbuot xizmati.

Skip to content Click to listen highlighted text!