2019-yil 15-fevral kuni Shahrixon shahrida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari hamda Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faollari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi – hayotimiz mezoni” mavzusida aksiya o‘tkazildi. Tadbirni ADTI davolash ishlari bo‘yicha mas’uli B.Mirzakarimov hamda boshlang‘ich tashkilot etakchisi B.Abdulazizxojievlar ochib, aholiga sog‘lom turmush tarzi qoidalari va asoslari xususida tushunchalar berib o‘tdi.
ADTI fakultet pediatriya va neonatologiya, pediatriya, gospital va shoshilinch pediatriya, yuqumli kasalliklar, bolalar jarrohligi va anesteziologiya-reanimatologiya, 1-akusherlik va ginekologiya kafedralari o‘qituvchilari hamda talabalar tomonidan bir necha sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Aksiyada aholi tomonidan berilgan turli savollarga mutaxassislar javob berdilar.
Tadbir so‘ngida Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan aholiga turli kasalliklar, ularning oldini olish usullari yoritilgan buklet va qo‘llanmalar tarqatildi.
Shundan so‘ng, ADTI professor-o‘qituvchilari Shahrixon tumani KTMPda tibbiy ko‘rik o‘tkazdilar. Tibbiy ko‘rikka ja’mi 19 nafar malakali mutaxassis: pediatr, akusher-ginekolog, terapevt, xirurg, onkolog, kardiolog, nevropatolog, okulist, dermatovenerolog, endokrinolog, lor, infeksionistlar jalb etildi.
Tibbiy ko‘rik o‘tkazilgan muassasada diagnostika uchun UTT va EKG apparatlari mavjud bo‘lib, bu aholiga keng qulaylik yaratdi.Tibbiy ko‘rik davomida jami 402 nafar aholi ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rikda 102 nafar aholida surunkali xastaliklar aniqlandi.Bemorlarga malakali mutaxassislar tomonidan kerakli maslaxatlar berildi. Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muxtoj bo‘lgan fuqarolar joylarga borib ko‘rilib, kerakli tavsiya va yordamlar ko‘rsatildi.
Tumandagi 145 nafar aholiga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan sog‘lom turmush tarzi, turli xil surunkali va yuqumli xastaliklarni olini olish bo‘yicha kerakli maslahatlar berdilar.