Namangan shahrida “XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikani rivojlantirishda investitsiya va innovatsiyaning roli” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro va yurtimizning yetakchi olimlari ishtirok etdi. Tadbir kardiologiya, endokrinologiya, xirurgik kasalliklar, neyroxirurgik va urologik kasalliklarni zamonaviy davolash usullari, onalik va bolalik, farmatsevtika kabi bir necha yo‘nalishlardan iborat holatda tashkil etildi. Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Qozog‘iston, Ukraina, Hindiston kabi chet davlatlardan tashrif buyurgan yetuk olimlar forum ishini yanada boyitdi.
Qandli diabet va yurak–qon tomir kasalliklari yo‘nalishi tarkibida Andijon davlat tibbiyot institutidan gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Sh.Yusupova hamda VMOF professori N.Mamasoliyevlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.
Sh.Yusupova “Glimepiridning kardio ehtiyotkorlik tamoyillari” mavzusida taqdimotini o‘tkazdi. Qiziqarli tarzda tayyorlangan ma’ruza qatnashchilarga yetkazildi.
Forum tibbiyot va farmatsevtikani yanada rivojlantirishga oid ayrim masalalarga yechim bo‘lishi, fan va texnika yutuqlarini yurtimizga olib kelinishiga ko‘mak berishiga ishonamiz.
Azizbek Usmonov
ADTI gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi
kabinet mudiri