Bugun, 7- fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida “Korrupsiyaga hayotimizda o‘rin yo‘q” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, davolash, pediatriya va stomatologiya fakultetlarining dekanlari, dekan o‘rinbosarlari va kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Hodjimatov ochib, shu kunlarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va jiddiy kurash olib borilayotganligini ta’kidladi. Barcha sohalarda, jumladan oliy ta’lim va tibbiyot sohasida olib borilayotgan izchil islohotlarga to‘xtaldi.
Shundan so‘ng, institut xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, oliy toifali yurist Sh.Dehqonov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3- yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksidagi korrupsiyaga oid moddalarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida gapirdi.
Korrupsiya haqida tushuncha berib, poraxo‘rlik,ta’magirlik,tovlamachilik, firibgarlik kabi jinoyatlar sodir etilganda qo‘llaniladigan jazo turlari, choralari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilarini o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishlarini, faoliyatlari davomida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasliklari lozimlini ta’kidladi.
Yig‘ilishda VMO va QT fakulteti dekani H.Tursunov so‘z olib, barcha professor-o‘qituvchilarni aytilgan fikrlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, kelgusida halol va vijdonan mehnat qilishlikka, korrupsiyaga qarshi birgalikda kurash olib borishga chaqirdi.