O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018- yil 28 — dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerakligi” alohida ta’kidlangan edi.
Shu bois, 2019- yil 1- may kuni ADTIning Ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Sattarov rahbarligida pediatriya fakulteti 106 –guruh talabalari Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent arxeologik yodgorligi va Isoqxon To‘ra Ibrat majmuasini borib ko‘rdilar.
Talabalar sayohat davomida buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi va betakror qadriyatlari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.