Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida 2019- yil 3- aprel kuni 1 – va 2 – akusherlik va ginekologiya kafedralari va VMO va qayta tayyorlash fakulteti akusherlik va ginekologiya kafedralari hamkorlikda onlayn video ma’ruza tashkil etildi.
Videoma’ruzada Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat tibbiyot universiteti davolash fakulteti akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti, t.f.d. Yelena Nikolaevna Gujvina “Bachadondan tashqari homiladorlik” mavzusida ma’ruza o‘qib berdi. Ma’ruzada davolash fakulteti 5- bosqich, pediatriya fakulteti 4-, 5- bosqich talabalari, magistratura va klinik ordinatura yo‘nalishi talabalari, VMO va qayta tayyorlash fakulteti kursantlari ishtirok etdilar.
Sohadagi eng so‘ngi yangilik va izlanishlarga boy tarzda tayyorlangan videoma’ruzada ADTI kafedra mudirlari, dotsentlar D.Asranqulova, X.Nigmatshaeva va O.Yakubova va assistentlar ham faol qatnashdilar. Anjuman mavzu yuzasidan savol-javob va munozaralarga boy tarzda yakunlandi.