Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya kafedrasi assistenti D.A.Abdullayeva pediatriya fanidan “Siydik xosil qilish va ajratish azolarining anatomo-fizologik xususiyatlari. Siydik yo‘llari infeksiyasi. Bolalarda glomerulonefrit kechish xususiyatlari” mavzusida ochik dars o‘tkazdi.
Ochik amaliy mashg‘ulotga tanlangan mavzu bolalar kasalliklari propedevtikasi va pediatriya fanini, xususan siydik hosil qilish va ajratish anatomik fiziologik xususiyatlari, fiziologiyasini o‘ziga xosligi bilan bolalar o‘rtasida uchraydigan glomerulonefrit o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaliy mashg‘ulotda kasallikning o‘ziga xosligi diagnostik yangiliklar, klinik belgilari zamonaviy adabiyot ma’lumotlariga va shaxsiy amaliyot tajribasiga tayangan xolda yoritib berildi.