alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasi xodimlari Toshkent davlat stomatologiya instituti ilmiy kengashida ishtirok etishdi

11:05 27.12.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Z.A.Kaharov va kafedra assistenti S.S.Abduvorisova Toshkent davlat stomatologiya instituti Ilmiy Kengashida “Tibbiy biologiya va gistologiya” kafedrasi professori Akrom Yuldashevich Yuldashevning 75 yillik yubileyi bilan qutlash uchun ishtirok etishdi.

Institutimiz rektori M.M.Madazimov tomonidan ustoz Akrom Yuldashevichga mehnatlari yuksak baholanib institut “ILMIY KENGASHI FAXRIY A`ZOSI” sertifikati va tashakkurnoma xati taqdim etildi.

Etirof etish kerakki, Akrom Yuldashevich institutimizda Z.A.Kaharov boshchiligida ishlab chiqilayotgan, qiymati 1,8 mlrd so’m bo’lgan “Noqulay sharoit ta`sirida bolalar organizmida sodir bo’layotgan salbiy oqibatlarni tashxislash, davolash va profilaktikalash uchun mahalliy probiotik IRID dan foydalanib sut maxsulotlarini ishlab chiqarish” nomli megaloyihada ilmiy maslahatchi sifatida ishtirok etib kelmoqda. Loyiha asosida 2 ta doktorlik va 10 ga yaqin PhD dissertatsiyalari yoqlanishi ko’zda tutilgan.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!