Yo‘l qoidasi –umr foydasi. Ammo har doim ham ana shu naqlga amal qilavermaymiz. Afsuski, kundalik hayotimizda ayrim yo‘lovchi- piyodalar va haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida turli xil yo‘l-transport hodisalari uchrab turibdi. Bu esa aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligini taqozo etmoqda.
2018 -yil 4- dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida viloyat IIB YHXB xodimlari bilan talaba-yoshlarning uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirni institut ma’naviyat –ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Abdurahmon Abduhalimov ochib, mehmonlarni tanishtirdi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi katta inspektori, serjant Jasurbek Azimbekov hamda Andijon avtomobil o‘quv ishlab chiqarish kombinati o‘qituvchisi Azizbek Jo‘rayevlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 -yil 24- dekabrdagi 370–sonli qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berdilar.
Shuningdek, yo‘lovchi-piyodalar, haydovchilarning umumiy majburiyatlari, harakatlanish tezligi, tashqi yoritish asboblari, odam va yuk tashishdagi qoidalar xususida gapirib o‘tdilar.
Mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berishib, ularni doimo yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqirdilar.