Andijon davlat tibbiyot instituti rektori ota-onalar bilan uchrashdi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori ota-onalar bilan uchrashdi

17:06 11.12.2018

2018-yil 11-dekabr kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida institut rektori M.Madazimovning  davolash, pediatriya  fakultetlari va   kasbiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan  talabalarning  ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Talabalarning o‘quv-tarbiyaviy  jarayoni  haqida suhbatlashish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda institut rektori M.Madazimov avvalo, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan  yoshlarga  berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, o‘zgarishlar va yangiliklarga to‘xtaldi.

Shuningdek, institutda talabalarga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar, ta’lim berish sifatining yuqoriligi, ARM xizmati, Axborot texnologiyalar markazi, media  markaz, simulyatsion xonalar va elektron tizimning tashkil etilganligi,  amaliyotga katta e’tibor qaratilayotganligi, masofaviy ta’limning yo‘lga qo‘yilganligi  to’g’risida gapirib o‘tdi.

Bundan tashqari, rektor O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 34- buyrug‘i mazmun –mohiyati va Andijon davlat tibbiyot institutining  Odob-axloq qoidalariga  to‘xtalib,talabalarning muomala va kiyinish madaniyati borasidagi fikrlarini bildirdi. Shuningdek, talabalarni darsga tayyorgarligi, chet tillarini  o‘rganishlari, to‘garaklarga ishtirokini nazorat qilish muhimligini ta’kidladi. Ta’lim-tarbiya  jarayonida   ota-onalarni  doimiy hamkorlikka chaqirdi.
Uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, pediatriya fakulteti dekani A.G‘ofurov, davolash fakulteti dekani B.Abdullajonov, murabbiylar kengashi raisi A.Arzibekov, kasbiy ta’lim yo‘nalishi  mas’uli D.Hasanov  va dekan o‘rinbosarlari ham  ishtirok  etishib,  ota-onalarni  qiziqtirgan savollariga javob  berdilar. Uchrashuv ochiq-oshkora, do‘stona va samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!