alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI 3-KURS TALABALARINING “TIBBIYOTDA XORIJIY TIL” FANIDAN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI

15:45 21.05.2019

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2019 yil 20-apreldagi “Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislarini tasdiqlash to`g`risida”gi 365-sonli buyrug`i hamda institut rektorining 2019 yil 16-maydagi “Davolash ishi, pediatriya ishi, kasb ta`limi (davolash ishi), oliy hamshiralik ishi va stomatologiya yo`nalishi 3-kurs talabalariga 2019 yil xorijiy til fanidan Yakuniy davlat attestatsiya o`tkazish to`g`risida”gi №352-Т sonli buyrug`iga asosan      Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasida 21-may kuni pediatriya fakultetining 3-kurs talabalari  “Tibbiyotda xorijiy til” fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasini topshirdilar.


Talabalarning chet tili fani bo`yicha bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini baholash chet tillarini o`zlashtirishning “gapirish”, “tinglash”, “o`qish” va “yozish” ko`nikmalarini egallash darajalari asosida 100 ballik tizimda baholandilar.


Yakuniy davlat attestatsiyasiga Andijon davlat universiteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent  V.A.Vositov raislik qildi.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!